"Liverpul" futbolchilar Jeremi Frimpong va Florian Virsni qo‘lga kiritgach, asosiy e’tiborni yangi hujumchi qidirishga qaratdi. "Qizillar"ga ko‘proq "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksander Isak yoqadi, ammo futbolchining narxi qimmatligi tufayli bitim murakkab bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Athletic.
Bundan tashqari, mersisaydliklar Jarrel Kuansaning "Bayer"ga o‘tishi ehtimoli tufayli markaziy himoyachi pozisiyasini kuchaytirmoqchi. Shu bois Angliya chempioni "Ayaks"ning 19 yoshli himoyachisi Yorrel Xato uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.
Shuningdek, "Liverpul" "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi va "Nottingem Forest" himoyachisi Murilloga ham qiziqish bildirmoqda.