Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 349 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Jabaliya, Rafah, Shujayi va Zaytun tumanlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41272 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar Shujayidagi ko‘chirilganlar maktabi va Jabaliyadagi turar-joy binolariga ikkita yirik hujum uyushtirdi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Jenin va Baytlahmga bostirib kirdi. 48 soat ichida 60 dan ortiq falastinlik hibsga olindi, ikki bola halok bo‘ldi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Livan bo‘ylab aloqa qurilmalarining portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi va 450 kishi jarohat oldi. Yaralarning tabiati oldingi hujumga qaraganda ancha og‘irroq.
▪️Livandagi yirik teraktdan so‘ng isroillik fashistlar Livanning Markaba, Rab-Tilayn va Al-Adisa shaharlariga fosforli bombalar tashladi.
▪️Ynetnews: Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livanda elektron qurilmalar portlashi fonida 98-diviziyani G‘azo sektoridan shimoliy chegaraga o‘tkazishni boshladi. G‘azoda esa 162 va 252-diviziyalar qoldi.
▪️Falastin tomonidan BMT Bosh Assambleyasiga birinchi marta taqdim etilgan va Isroildan 12 oy ichida bosib olingan hududlardagi mavjudligini to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi: 124 ovoz, 14 qarshi, 43 betaraf.
▪️Bosqin ostidagi Falastin shimolidagi Tal-Xay shahrida tankka qarshi raketa harbiy mashinaga tegib, bir askar halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi.
▪️Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon: Poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlatini barpo etish talablari qondirilmaguncha Isroil bilan aloqa o‘rnatmaymiz.
▪️Germaniya Isroilga qurol eksportini to‘xtatdi.
Xolokost va genosidni o‘rganish bo‘yicha isroillik amerikalik professor Omer Bartov: Haaretz hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azo aholisining 2 foizi halok bo‘lgan. XXI asrda aholining foizi faqatgina Suriyada o‘ldirilgandi. Suriyada 13 yil davom etgan qatliom G‘azoda 10 oy davom etdi.