Livanda shu yilning 2 martidan beri Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 dan oshdi.
Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
"Isroil hujumlari natijasida 2020 kishi halok bo‘ldi va 6436 kishi jarohat oldi", deyiladi bayonotda.
Ilgari Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi keskinlik boshlanganidan beri Livanda 1888 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
9 aprel kuni Livan bosh vaziri Navaf Salom mamlakat hukumati Isroilning davom etayotgan hujumlari bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qilishini e’lon qildi.