Bombalanayotgan G‘azo: 444-kunning asosiy voqealari.
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 444 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Bayt Lahiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 50 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 45259 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Ikkinchi kundirki, bosqinchilar Kamol Advan kasalxonasi va uning atrofini uzluksiz o‘qqa tutmoqda. Shifoxonada hujumlar tufayli dafn etilmaydigan shahidlar bor. Kasalxonada oziq-ovqat va suv deyarli tugab qolgan.
▪️UNRVA: G‘azodan tashqari barcha urushlarning qoidalari bor, bu erda barcha qoidalar buziladi. Maktablar va shifoxonalarga hujumlar odatiy holga aylangan.
▪️Al-Quds brigadalari: shahid jangchi dushman zirhli transportyoriga hujum paytida G‘azo markazida, Bayt Xanunda bir guruh askarlarni yo‘q qilib, undagi portlovchi moslamani ishga tushirdi.
▪️Al-Qassam Brigadalari: Biz G‘azo shimolidagi Bayt Xanun shahrida sionist askarlarga hujum qildik.
▪️Jenin bataloni: Falastin ma’muriyati Jenindagi operasiyada qatnashishdan bosh tortgan 237 nafar askarini hibsga olgani haqida ma’lumotga egamiz. 7 oktabrdan beri Falastin xavfsizlik kuchlari tergovsiz 14 nafar tinch aholini o‘ldirgan.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Qalandiya lageriga bostirib kirishdi. 3 falastinlik yaralangan. Bosqinchilar falastinliklarni hibsga olish uchun katta reydlar o‘tkazmoqda.
▪️The Washington Post: Rasmiylarning Jenin operasiyasidan maqsadi G‘azo sektorini nazorat qilish.
▪️Baytlahm G‘azo sektori bilan birdamlik uchun Rojdestvo bayramlarini bekor qilishga qaror qildi.
▪️G‘azo urushi boshlanganidan buyon ba’zilari harbiylarga aloqador bo‘lgan Isroil tashkilotlari Yevropa Ittifoqidan 250 million dollardan ortiq mablag‘ oldi.
▪️Livanda Isroil harbiylari Kfar Kila shahrini keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshladi.