Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Livan va Suriya prezidentlari chegara xavfsizligini muhokama qilishdi

Livan va Suriya prezidentlari chegara xavfsizligini muhokama qilishdi

Livan prezidenti Jozef Aun suriyalik hamkasbi Ahmad al-Shara bilan ikki davlat chegarasi xavfsizligini muhokama qildi.

Livan prezidenti ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Jozef Aun telefon orqali muloqotda Ahmad Sharaani tabriklagan.

Rahbarlar "Livan-Suriya chegarasini nazorat ostiga olish va tinch aholini himoya qilish uchun hamkorlik qilishga” kelishib oldilar, deyiladi bayonotda.

Bir kun avval Suriyaning SANA axborot agentligi Livan chegarasidagi Xavayk qishlog‘i yaqinida kontrabandachilar va Suriya xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lganini xabar qilgan edi. Kontrabandachilar qo‘lga olinib, katta miqdorda qurol-yarog‘ musodara qilindi.

Kiritildi: 16:09 08.02.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!