Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Livan janubidagi Isroil hujumlari sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Livan janubidagi Isroil hujumlari sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Isroilning Livan janubiga uyushtirgan hujumlari sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi va to‘qqiz kishi yaralandi.

Bu haqda Eronning Mehr axborot agentligi Livan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

"Livan janubidagi Sayda gubernatorligida joylashgan Tuffah shahriga uyushtirilgan havo hujumlari natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi va to‘qqiz kishi yaralandi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Ilgari shu yilning 2 martidan beri Livanda Isroilning hujumlari natijasida 2020 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 11:10 12.04.2026. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!