«Islom olami bu hujumlar qarshisida kuchliroq pozisiyada turishi kerak. Biz Turkiya sifatida Livan xalqi va hukumatini ushbu og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz», — deb yozdi Turkiya prezidenti ijtimoiy tarmoqda.
Livan va uning xalqi Isroilning G‘azo sektorida 2023 yil 7-oktabrdan beri davom etayotgan genosid, ishg‘ol va bosqinchilik siyosatining yangi nishoniga aylandi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
«Isroilning bir necha hujumlari o‘tgan haftada ko‘plab livanliklarni, jumladan, bolalarni o‘ldirdi. Bunday ommaviy qotillikni hech bir vijdonli odam qabul qila olmaydi, oqlay olmaydi va qonuniy deb tan olmaydi. Isroil hukumati uni qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlovchi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, butun insoniyatga, insonparvarlik qadriyatlariga va xalqaro huquqqa qarshi chiqayotib, borgan sari beparvo bo‘lib bormoqda», — deyiladi Erdo‘g‘an maktubida.
Turkiya rahbari Isroilning G‘azo va Ramallahda qo‘llayotgan «aqldan ozgan siyosatini» Livan va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga ham yoyishga urinishlariga «to‘xtang» deyish zarurligini aytdi.
“Biz global tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha tuzilmalarni, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashini, shuningdek, barcha inson huquqlari tashkilotlarini zudlik bilan harakat qilishga chaqiramiz. Islom olami bu hujumlar qarshisida yanada kuchliroq pozisiyada turishi kerak, deb hisoblaymiz. Biz Turkiya sifatida Livan xalqi va hukumatini ushbu og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. «Isroilning Livanga qilgan g‘ayriinsoniy hujumlarini yana bir bor qoralayman, hujumlarda halok bo‘lgan barcha livanlik birodarlar uchun Allohdan rahmat so‘rayman va yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», — dedi Erdo‘g‘an.