Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Litvadagi mashg‘ulotlar paytida bedarak yo‘qolgan to‘rt nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi – LRT

 Litvadagi mashg‘ulotlar paytida bedarak yo‘qolgan to‘rt nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi – LRT

AQSh armiyasining to‘rt nafar harbiy xizmatchisi 25 mart kuni Litva sharqidagi Pabrade poligonida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar paytida bedarak yo‘qolgan edi, deya xabar bermoqda Litva milliy radiosi va televideniyesi (LRT).

Harbiy xizmatchilar bilan birga harbiy transport vositasi ham g‘oyib bo‘lgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, askarlar M88 qutqaruv mashinasida harakatlanishgan.

LRT manbalarining ma’lum qilishicha, to‘rt nafar amerikalik harbiy xizmatchi vafot etgan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan. Harbiy xizmatchilarning halok bo‘lish holatlari haqida tafsilotlar oshkor etilmayapti.

Kiritildi: 22:24 26.03.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!