Litvada avtomobilni botqoqdan evakuasiya qilishga uringan to‘rt nafar amerikalik askar halok bo‘ldi.
Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiylar armiya mashinasini botqoqlikdan olib chiqish uchun yuborilgan. Ammo askarlar yo‘ldan chuqur botqoqqa tushib, mashina ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. AQSh armiyasi hodisa sabablarini o‘rganmoqda, deb yozadi gazeta.
25 mart kuni kechqurun Litvaning Pabradedagi markaziy harbiy poligonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng to‘rt nafar amerikalik harbiy M88 Hercules zirhli qutqaruv mashinasida ketib, g‘oyib bo‘ldi. Vertolyotlar ishtirokida uzoq davom etgan qidiruv ishlari natijasida M88 Hercules botqoqlikdan topilgan. Avval xabar qilinganidek, AQSh armiyasining to‘rt nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.