Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Litvada ruslar uchun yangi cheklovlar kuchga kirdi

A A A
Litvada ruslar uchun yangi cheklovlar kuchga kirdi

Litvada ruslar uchun yangi cheklovlar 3-maydan kuchga kirdi.

Bu haqda LRT nashri xabar berdi.

O‘zgartirishga ko‘ra, Rossiya yoki Belorussiyaga uch oy ichida bir necha marta uzrli sababsiz tashrif buyurganlar yashash uchun ruxsatnomasidan mahrum bo‘ladi.

Qayd etilishicha, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarda ishlovchi haydovchilar, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga va undan chiquvchi yoki Litva orqali tranzit o‘tadigan haydovchilar bundan mustasno.

Migrasiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 1 aprel holatiga ko‘ra, Litvada 14 ming kishi yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lib, ulardan 652 nafari Rossiya fuqarolaridir.

Kiritildi: 23:14 03.05.2025. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!