Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, 3 maydan 23 maygacha Germaniyaga tegishli harbiy vertolyotlar Litva havo hududida, kunning yorug‘ va qorong‘i paytlarida past balandlikda parvoz qiladi.
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Litvaga taxminan 30 ta Germaniya harbiy vertolyoti yuboriladi. Jumladan, TIGER jangovar vertolyotlari, NH90 transport vertolyotlari, CH-53 og‘ir transport vertolyotlari hamda EC135 yengil ko‘p maqsadli vertolyotlari.
Ular Litvaning katta qismini, shu jumladan, chegaraga yaqin hududlarni ham qamrab olgan holda uchadi. Ayrim parvozlar juda past balandlikda – taxminan 150 metrda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Griffin Lightning 2025 mashg‘ulotlari NATO'ning “Shimoli-Sharqiy Ko‘p Millatli Korpusi” (Multinational Corps Northeast) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy bosqichlari Litva, Latviya, Polsha va Estoniya hududlarida o‘tadi. Mashg‘ulotlarning maqsadi alyansning mintaqadagi mudofaa rejalarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish hisoblanadi.