Litva mudofaa vaziri Vilnyus energetika sektorini qayta tiklash uchun Ukrainaga yana ikki million yevro ajratishini ma’lum qildi.
"Litva energetika kompaniyalari Ukrainaning energetika sektorini tiklash uchun 3 million yevro miqdorida yordam yuborgan, hozir esa yana 2 million yevro yuborishni rejalashtirmoqda", — deb yozdi Arvidas Anushauskas Twitter sahifasida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Litvadan Ukrainaga 114 ta transformator bo‘lgan oltita yuk mashinasi jo‘natilgan. Litva Ukrainaga yana 252 ta transformator yetkazib berish niyatida.