Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Litva Rossiyani terrorchi davlat deb e’lon qildi

Litva Rossiyani terrorchi davlat deb e’lon qildi

Litva seymi (parlament) Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini genosid, Rossiyani esa terrorchi davlat deb tan olingan rezolyusiyani qabul qildi.

Rezolyusiya matnida ta’kidlanishicha, «RF qurolli kuchlari va uning yollanma askarlari Ukraina hududida, jumladan, Bucha, Irpen, Mariupol, Borodyanka va Gostomelda harbiy jinoyatlar sodir etmoqda».

Seymning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan hujjatda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi ukrain xalqini yo‘q qilishdan iborat.

Litva parlamenti Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi harakatlarini «genosid» deb atadi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, «Rossiya Federasiyasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan va amalga oshiradigan davlat hisoblanadi».

Litva parlamenti barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish hamda Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tergov qilish va baho berish uchun maxsus jinoiy tribunal tuzishga chaqirgan.

Kiritildi: 05:20 11.05.2022. O'qildi: 2610 marta. Fikrlar soni: 16 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!