Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Litva prokuraturasi Vilnyusdagi IKEA do‘konini Rossiya razvedkasi topshirig‘i bilan ikki nafar ukrainalik yoqib yuborganini ma’lum qildi

 Litva prokuraturasi Vilnyusdagi IKEA do‘konini Rossiya razvedkasi topshirig‘i bilan ikki nafar ukrainalik yoqib yuborganini ma’lum qildi

Vilnyusda joylashgan do‘kon omborxonasida 2024 yil 9 mayga o‘tar kechasi yong‘in yuz bergan edi. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Prokuror Arturas Urbyalisning ta’kidlashicha, tergov ushbu voqeani 20 yoshga to‘lmagan ikki nafar Ukraina fuqarosi tomonidan sodir etilgan terakt deya baholamoqda. Ulardan biri voyaga yetmagan shaxs. Litvada unga terakt uyushtirish va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash aybi qo‘yilgan. Ikkinchi ayblanuvchi Polshada qo‘lga olingan bo‘lib, u o‘sha mamlakatda sud qilinadi.

"To‘plangan ma’lumotlar hodisaning tashkilotchisi Rossiya harbiy razvedkasi ekanligi haqida xulosa chiqarish imkonini berdi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda", – deya qo‘shimcha qildi Urbyalis.

Kiritildi: 22:25 17.03.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!