Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Litva, Polsha va Fransiya Belarus bilan chegara yaqinidagi Suvalk yo‘lagi hududida "Dovyurak to‘ng‘iz" harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Litva, Polsha va Fransiya Belarus bilan chegara yaqinidagi Suvalk yo‘lagi hududida "Dovyurak to‘ng‘iz" harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi


Delfi nashrining xabar berishicha, mashg‘ulotlar 16 iyundan 26 iyungacha bo‘lib o‘tadi. Unda Polsha, Fransiya va Litvaning "Jemaytiya" piyodalar brigadasi dragun batalyoni harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlarda Rossiya va uning eksklavi — Kaliningrad viloyatini bog‘lab turuvchi yo‘lakni himoya qilish bo‘yicha mudofaa harakatlari sinovdan o‘tkaziladi.

Avvalroq shu kabi mashg‘ulotlar o‘tgan yili ham bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda unda NATO davlatlarining 800 dan ortiq harbiy xizmatchilari qatnashib, jamoaviy mudofaa va tezkor chora ko‘rish ssenariylarini mashq qilishgan edi.

Kiritildi: Bugun 21:01. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!