Litva Lukashenko tomonidan Belarus aholisiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun materiallarni Xalqaro jinoiy sud prokuroriga rasman topshirdi. Bu haqda Litva Adliya vazirligi ma’lum qildi.
"Aleksandr Lukashenko va Belarus harbiy-siyosiy rahbariyatining boshqa vakillari mamlakatning tinch aholisiga qarshi o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, jinoiy javobgarlikka tortish, qotillik, zo‘ravonlik, qiynoqlar, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani o‘z ichiga olgan kampaniya boshladi", deyiladi bayonotda.
Litva rasmiylari, shuningdek, ushbu jinoyatlarning elementlari Belarus tomonidan Litva hududida sodir etilganligini, buning natijasida bunday jinoyatlar XJS yurisdiksiyasiga kirganligini ta’kidladi.
Tergov uchun materiallar Belarus muxolifati vakillari tomonidan to‘plangan va Litvaga topshirilgan. Bundan tashqari, Litva Adliya vazirligi nodavlat tashkilotlari va boshqa tashabbuskor platformalardan Lukashenko rejimining jinoyatlari haqida dalillar to‘plagan. Litvaning XJSga shikoyat qilish qarori Belarus muxolifati tomonidan olqishlandi.