Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Litva 2024 yilgacha Rossiya telekanallari translyasiyasini taqiqladi

A A A
Litva 2024 yilgacha Rossiya telekanallari translyasiyasini taqiqladi

Litva Rossiya telekanallari translyasiyasini ikki yil muddatga taqiqladi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida xabar qilindi.

Xabarga ko‘ra, Litva parlamenti Rossiya va Belarus tomonidan boshqariladigan, nazorat qilinadigan yoki moliyalashtiriladigan telekanallar namoyishini taqiqladi.

«Taqiq 2024 yilning 1 oktyabrigacha amal qiladi», — deyiladi xabarda.

Mart oyida Litvada «Mir» telekanali translyasiyasi taqiqlangandi. Bundan tashqari, Rossiya va Belarus telekanallarini tomosha qilish imkonini beruvchi 60ga yaqin internet saytlari ham bloklangan. Avvalroq esa RBK va «Mir 24» kanallari translyasiyasi besh yil muddatga taqiqlangandi.

Kiritildi: 23:52 22.09.2022. O'qildi: 2679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!