Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Lisenziyasiz «Umra» safarini uyushtirayotganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

Lisenziyasiz «Umra» safarini uyushtirayotganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda

Marg‘ilon shahrida yashovchi M.A. vakolati bo‘lmasa-da Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Uchko‘prik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. tegishli lisenziyaga ega bo‘lmay turib, 2 nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda esa mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. 2 nafar fuqaroni aldab, ularni «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatning tegishli qarori bilan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun lisenziya olish talablari belgilangan va qaror talablariga muvofiq, shu vaqtgacha jami 12 ta turistik firma «Umra» tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ruxsat berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:06. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!