Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lisenziyasi olib qo‘yilgan banklardagi omonatchilarning mablag‘lari ikki oyda to‘liq qaytariladi

Lisenziyasi olib qo‘yilgan banklardagi omonatchilarning mablag‘lari ikki oyda to‘liq qaytariladi

Avval xabar berilganidek, bugun Markaziy bank boshqaruvining qarorlariga asosan, "Turkiston" XATB hamda “HI-TECH BANK” XATBning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalari chaqirib olindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq aholining banklardagi omonatlari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan to‘liq kafolatlanganligi munosabati bilan ushbu ikkita bankdagi omonatchilarining barcha mablag‘lari, birinchi navbatda, 2 oydan so‘ng to‘liq qaytariladi.

Aholiga omonat mablag‘larini qaytarish Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan ushbu qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Omonatlarni qaytarish bo‘yicha batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 71-200-00-44, 71-236-75-24 ishonch telefonlari orqali olish mumkin.

Kiritildi: 11:05 07.10.2022. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!