Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Lionel Messi Maradonaga tegishli rekordni yangilab, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Lionel Messi Maradonaga tegishli rekordni yangilab, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 1/8 finalida Misrga qarshi kechgan bahsda (3:2) Kristian Romeroga golli uzatma amalga oshirdi.

Messi hisobidagi golli uzatmalar soni hozir 9 taga yetdi. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 8 ta assistga ega bo‘lgan yurtdoshi Diyego Maradonaning rekordini yangiladi.

Shu bilan birga Messi 83-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu gol 39 yoshli futbolchining faoliyati davomidagi (barcha turnirlardagi 1161 ta o‘yinda) 919-goli bo‘ldi.

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu esa 1328 ta o‘yinda 976 ta gol muallifi bo‘lgan.

Kiritildi: 23:51 07.07.2026. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!