Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Liderlarning har bir o‘ldirilishi Falastin xalqi va islom olami uchun yangi inqilobga sabab bo‘ladi

A A A
Liderlarning har bir o‘ldirilishi Falastin xalqi va islom olami uchun yangi inqilobga sabab bo‘ladi

Isroil qancha o‘ldirmasin, Falastin xalqining inqilobini to‘xtata olmaydi. Liderlarning har bir o‘ldirilishi Falastin xalqi va islom olami uchun yangi inqilobga sabab bo‘ladi. Bu haqda Tehrondagi suiqasd chog‘ida halok bo‘lgan Falastinning XAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniyaning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdussalom Xaniya Anadolu bilan suhbatida aytib o‘tdi.

“Bizning ko‘z yoshlarimiz shahidlar oilasining ko‘z yoshlaridan qadrli bo‘lmaganidek, otamning qoni ham bolalarning, na g‘azolarning qonidan qimmatli emas.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlardagi postida Abdussalom Haniya «uning (Ismoil Haniyaning) merosi har doim xohlagan milliy birlik, G‘azo sektoriga hujumlar to‘xtatilishi va xalqimizning g‘alabasi edi», deb yozgan edi.

– Uning qoni xalqimizning qonidan, shahid o‘g‘li uchun to‘kilgan onaning ko‘z yoshlaridan qadrli emas. Otam bolaligidan qarshilik, inqilob va kurash yo‘lini bosib o‘tgani uchun kechayu kunduz shahidlik ortidan yurdi”, — dedi HAMAS yetakchisining o‘g‘li.

Abdussalom Xoniya otasiga bir necha bor suiqasdga uchraganini, umrini jihod va qarshilikni targ‘ib qilib o‘tganini esladi.

«Haniyaning o‘g‘illari va nabiralari 7-oktabr kuni Isroilning burnini tuproqqa ko‘mdi va Xoniya xalqi tarixdagi eng katta qirg‘inga dosh berdi», - deya ta’kidladi u.

Kiritildi: 15:57 01.08.2024. O'qildi: 1660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!