Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Leyboristlar partiyasi Buyuk Britaniyada bosh vazir Kir Starmerni lavozimidan chetlashtirishni rejalashtirmoqda — BBC

Leyboristlar partiyasi Buyuk Britaniyada bosh vazir Kir Starmerni lavozimidan chetlashtirishni rejalashtirmoqda — BBC

Starmerning partiyadoshlari uni pozisiyasi yaqin haftalarda, mamlakat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim etilgandan so‘ng, xavf ostida qolishi mumkinligidan xavotirda.

"Kir Starmerning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan potensial nomzodlar sifatida uning hukumatidagi sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting va ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud tilga olinmoqda. Shuningdek, energetika kotibi Ed Milibend va sobiq transport vaziri Luiza Heyg ham nomzodlar qatorida ko‘rsatilmoqda", deya yozmoqda nashr.

Bosh vazirning do‘stlari unga qarshi rejalashtirilayotgan “fitna” haqida ogohlantirib, Starmerga yetakchilik uchun ichki kurash bilan bog‘liq jiddiy xavflarni eslatmoqda. Shu bilan birga, Leyboristlar partiyasidagi manbalar bosh vazirni o‘zgartirish uchun sabablar ro‘yxati ortib borayotganini bildiragan.

"Ommaviy so‘rovnomalar Starmerni Buyuk Britaniya siyosati tarixidagi eng yomon bosh vazirlardan biri sifatida ko‘rsatmoqda, saylovchilarning Leyboristlar partiyasini qo‘llab-quvvatlash darajasi esa 20 foizdan oshmaydi", deya qayd etadi BBC.

Kiritildi: 15:39 12.11.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!