Avval xabar berganimizdek, yaqinda polshalik hujumchi Robert Levandovskining ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tarjimai holi e’lon qilindi. 2022/2023 yilgi mavsum oxirida gol urishni to‘xtatish iltimosidan tashqari, uning tarjimai hol muallifi Sebastyan Stashevski Levandovskining Xavi Ernandesni iste’foga chiqarishga uringanini ham ma’lum qildi.
"Robert uchun, professional futbolchi sifatida, hamma narsa oddiy - g‘alaba qozonishga yordam beruvchi kishi do‘st, g‘alaba qozonishga to‘sqinlik qiluvchi kishi esa dushman. Agar murabbiy uning g‘oyalariga qarshi chiqsa, u ham dushmanga aylanadi. Klub bosh murabbiyligiga Flik kelishi bilanoq, Robert ajoyib mavsumni namoyish etdi," - deb yozadi Stashevski.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022 yildan beri "Barselona" safida to‘p tepib kelmoqda.