Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Lev Yashin futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon bo‘ldi

A A A
Lev Yashin futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon bo‘ldi

Afsonaviy sovet futbolchisi Lev Yashin France Football avtoritet jurnali tomonidan futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Yashin boshchiligidagi reytingga yana Gordon Benks (Angliya), Dino Dzoff (Italiya), Janluidji Buffon (Italiya), Manuel Noyer (Germaniya), Peter Shmeyxel (Daniya), Zepp Mayer (FRG), Iker kasilyes (Ispaniya), Edvin van der Sar (Niderlandiya) va Piter Shilton (Angliya) ham kiritilgan.

Yashin Moskvaning Dinamo klubida 1950 yildan 1971 yilgacha maydonga tushgan bo‘lib, uch marta mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek darvoza qo‘riqchisi olimpiya chempioni (1956), Yevropa chempioni (1960) bo‘lgan.

Yashinning hisobida shuningdek, Oltin to‘p ham bo‘lib, tarixdagi ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi.

life.ru

Kiritildi: 15:30 14.02.2019. O'qildi: 3408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!