Ukraina fuqarosi Vladimir Lenin va Iosif Stalinning aforizmlarini "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘iga joylagani uchun besh yilga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Tergov shuni aniqladiki, ayblanuvchi uch yil davomida Vladimir Lenin va Iosif Stalinning iqtiboslari va fotosuratlarini chop etib kelgan. Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, bu harakatlar noqonuniy hisoblanadi, chunki ular «kommunistik mafkura elementlarini targ‘ib qilishni o‘z ichiga oladi».
Sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, shuningdek, qilmishidan chin dildan pushaymon ekanligini va tavba qilishini aytdi. Sud buni yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olib, uni besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi, biroq ikki yillik sinov muddati bilan jazoni o‘tashdan ozod qildi.