Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Lenin nemislarning josusi bo‘lganmi?

Lenin nemislarning josusi bo‘lganmi?

Josus-Lenin haqida ilk marotaba 1917-yil, ikkinchi marta 1918-yilda gapira boshlaydilar. Avval rus kontrrazvedkasining zobiti unga qarshi ko‘rsatma bergan bo‘lsa, so‘ng Leninning nemislar bilan aloqalari haqida AQShdan olib chiqib ketilgan hujjatlardan xabar topishadi.

Olga Bugrova, Sputnik radiosi sharhlovchisi

Karpov familiyali noma’lum shaxs urushga da’vat qiluvchi maqola yozgan va u 1918 yilning 21 fevralida "Pravda" gazetasida bosilgan. Urushga "inqilobiy" deb nom berilgan bo‘lib, "Karpov" esa Lenin ekanligi ma’lum bo‘ladi. Lenin hozirgacha kimlar uchundir - bolsheviklarni yenga olgan yetakchi bo‘lsa, yana kimlardir uni - Rossiyada o‘rnashib olgan nemis josusi hisoblab keladi.

Josus-Lenin haqida ilk marotaba 1917-yilning bahorida, ikkinchi marta 1918-yilning bahorida gapira boshlaydilar. Avval rus kontrrazvedkasining zobiti unga qarshi ko‘rsatma bergan bo‘lsa, so‘ng Leninning nemislar bilan aloqalari haqida AQShdan olib chiqib ketilgan hujjatlardan xabar topishadi.

Tutqich bermas Jo

Birinchi ish muvaqqat hukumat tomonidan qo‘zg‘atilgan. Guvoh sifatida praporshik Yermolenko qatnashgan. U Birinchi jahon urushi boshida nemislarga asir tushgan va ular tomonidan yollangan, 1917 yilning bahorida esa buzg‘unchi g‘oyalar bilan Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Hibsga olinib, so‘roq qilingan Yermolenko o‘zidan tashqari Lenin ham nemislar tomonidan yollanganini gapirib beradi.

Bolsheviklarga qarshi siyosiy jarayon o‘tkazilmaydi – chunki ular o‘sha yilning o‘zidayoq hukumatni qo‘lga olgan edi.

1918 yilning bahorida amerikalik Sisson qo‘liga tushgan hujjatlarda 1917 yilning 2 martida nemis banki rus bolsheviklari uchun ulkan kredit liniyasini ochgani haqida aytilgan bo‘lsada, ikkinchi ishni qo‘zg‘atishga hatto harakat qilishmaydi. Aniqlanishicha, ushbu "axborot bombasi"ni piterlik jurnalist shunchaki osmondan olgan va chet ellikka 25 000 dollarga sotgan. 1918 yilning mart oyidagi och Petrograd uchun bu yaxshigina mablag‘ edi.

Hammaga berishgan va hamma olgan

Leninning josus deb gumonlanishini ikkita sababi bor edi. Birinchisi – Lenin 1917 yil aprel oyida Rossiya unga qarshi urush olib borayotgan Germaniya orqali Shveysariyadan o‘z uyiga kirib kelgan. Undan tashqari, Lenin bir o‘zi emas, inqilobchilarning kattagina guruhini o‘zi bilan olib kelgandi. Voqealar guvohi bo‘lgan nemis generali Erix Lyudendorf shunday yozgan: "Leninning Germaniya orqali harakatlanishi o‘zini oqlaydi: Rossiya jarlikka qulashi kerak edi. Nemislar odamlarni emas, mamlakatni ichidan bo‘laklab yuboradigan "zaryadni" o‘tkazar edi. Bo‘laklangan mamlakatni esa mag‘lub qilish muammo tug‘dirmasdi".

Lenin nemislar bilan o‘ralashib yurgan, degan taxminlarning ikkinchi sababi - pul edi. Pullar bolsheviklarda haqiqatdan bo‘lgan. MPDU professori German Artamonov ularning kelib chiqish manbasini quyidagicha tushuntiradi:

"Germaniya Rossiyaning mustabid hokimiyatga qarshi kurash olib borgan barcha siyosiy partiyalarini moliyalashtirgan, aslida esa ular bosh qo‘mondonga qarshi kurashardilar. Germaniya monarxi - kayzer Vilgelm II memuarlarida qaysi partiyalar qancha pul olishgani haqida aytilgan. Ularning hammasi pul olgan, hatto, bolsheviklar boshqalarga qaraganda ancha kam olishgan - chunki ular jiddiy kuch sifatida qabul qilinmagan – aslida ularning hammasiga mablag‘ o‘z hukumatiga qarshi urush uchun berilgan.

Agar nemislar Leninga ishongan taqdirda ham, u o‘zini "josuslarga xos bo‘lmagan" tarzda tutdi. Germaniya bilan Brest sulxini imzolagan va uni bajarishdan bosh tortgan. Xuddi o‘sha 1918-yilda Germaniyada inqilob ro‘y berib, u respublikaga aylangach, Lenin u Zinovyev bilan nemis tilida allaqanday broshyurkani yozib, uni nemis sosialistlari orasida tarqatishgani haqida maqtangan edi!..

Kiritildi: 15:12 21.02.2020. O'qildi: 6243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!