Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lazizbek Mullajonovda doping moddasi topildi. U musobaqalardan vaqtincha chetlashtirildi

Lazizbek Mullajonovda doping moddasi topildi. U musobaqalardan vaqtincha chetlashtirildi

ITA (Xalqaro Test Agentligi) xabariga ko‘ra, 2025 yil 11 iyun kuni O‘zbekistondan bo‘lgan bokschi Lazizbek Mullajonovdan musobaqadan tashqari olingan doping nazorati namunasi metasteron moddasi metabolitlari uchun ijobiy natija bergan.

Metasteron moddasining ishlatilishi WADA (Butunjahon Dopingga qarshi agentlik) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga (S1.1 bo‘limi) kiritilgan bo‘lib, bu anabolik-androgenik steroidlar toifasiga kiradi. Metasteron barcha vaqtlarda (musobaqa paytida ham, undan tashqarida ham) taqiqlangan bo‘lib, maxsus bo‘lmagan modda hisoblanadi. Bu modda mushak massasining tez o‘sishi, kuch va quvvatning oshishi bilan bog‘liq sintetik anabolik steroid hisoblanadi.

Sportchiga mazkur holat to‘g‘risida xabar berilgan va u B-namuna tahlilini so‘rash huquqiga ega.

Agar B-namuna tahlili so‘ralsa va A-namunaning natijasini tasdiqlasa, bu holat antidoping qoidabuzarligi sifatida rasmiylashtiriladi. Agar B-namuna tahlili so‘ralmasa, ish baribir antidoping qoidabuzarligi deb baholanadi. Sportchiga ushbu natijalar yuzasidan tushuntirish berish imkoniyati taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Jahon Boks antidoping qoidalarining 7.4.1-moddasiga muvofiq, sportchiga majburiy vaqtincha chetlatish jazosi qo‘llash belgilab qo‘yilgan. Sportchi bu vaqtincha chetlatishga qarshi chiqish va uni bekor qilishni so‘rash huquqiga ega.

Jahon Boks tashkiloti o‘zining antidoping dasturini ITAga topshirganligi sababli, ushbu ishni yuritish to‘liq ITA tomonidan amalga oshirilmoqda. Ish davom etayotganligi sababli, boshqa izohlar berilmaydi.

Kiritildi: 13:04 31.07.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!