Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Lavrov: Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal qilishda hamkorlik qiladi

Lavrov: Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal qilishda hamkorlik qiladi

Rossiya va Turkiya o‘tish davri hukumati ishini ta’minlash uchun Suriyadagi hamkorlikni davom ettiradi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada turkiyalik hamkasbi Hoqon Fidan bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi .

"Bizning yondashuvlarimiz Suriya bo‘yicha yaqin muloqotga asoslangan. O‘tish davrida Suriya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlash muhim", - dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva G‘arb davlatlari tomonidan Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini olqishlaydi.

Tashqi ishlar vaziri shu oyda keskinlik kuchayib borayotgan Liviya mavzusiga ham to‘xtaldi.

"Rossiya boshqa sohalarda, jumladan, Liviyada ham hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Biz yangi harbiy amaliyotlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskinlik kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Liviya mojarosida ishtirok etayotgan tomonlarga o‘z ta’sirimizdan foydalanishga kelishib oldik", - deya ta’kidladi Lavrov.

Kiritildi: 21:32 27.05.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!