Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lavrov Rossiya-Ko‘rfaz hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Lavrov Rossiya-Ko‘rfaz hamkorlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Saudiya Arabistoniga yetib keldi va u yerda 9 sentyabr kuni Rossiya-Ko‘rfaz hamkorlik kengashi strategik muloqoti yig‘ilishida ishtirok etadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Lavrovning Ar-Riyod aeroportida o‘tkazgan uchrashuvi tasvirlarini e’lon qildi.

Rossiya-Ko‘rfaz hamkorlik kengashi 1981 yil 25 mayda mintaqa davlatlari o‘rtasida iqtisodiy masalalar bo‘yicha hamkorlik platformasi sifatida tashkil etilgan. Assosiasiyaga Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA va Ummon ham kiradi. Tashkilotning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonida joylashgan.

9 sentyabr kuni Lavrovning ikki tomonlama muloqotlari rejalashtirilgan. Iyun oyida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Nijniy Novgorodda BRIKS tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi. Iyul oyida Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilgan edi.

Kiritildi: 23:10 08.09.2024. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!