Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 21 noyabr, seshanba kuni Moskvada Arab Davlatlari Ligasi (LAS) va Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo bir qator davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan G‘azo sektori atrofidagi vaziyat yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Bu haqda jurnalistlarga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu mamlakatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlaridan iborat delegasiyalar “G‘azo sektori atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun Ar-Riyoddagi sammitda qabul qilingan qarorga muvofiq, Rossiya poytaxtiga keladi”.