Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Lavrov: "Mahbuslar almashinuvi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi"

Lavrov: "Mahbuslar almashinuvi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi"

Mahbuslar almashinuvi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, dedi Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10 aprel kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi almashinuv tashabbuskorlari ham Moskva, ham Vashington bo‘lgan.

"Ishonchim komilki, har qanday insonparvarlik ishorasi, hatto ikki kishining o‘z oilasi bilan qo‘shilishi haqida gap ketganda ham, har doim ijobiy bo‘ladi”, — dedi Lavrov MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya va AQSh o‘zaro tushunishni to‘liq tiklash uchun vaqt kerak.

10 aprel kuni tomonlarning Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilishi fonida ishonch mustahkamlanib borayotganidan dalolat sifatida Abu-Dabida Rossiya va AQSh mahbuslar almashinuvini o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 15:08 11.04.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!