Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Lavrov: G‘arb ob’ektiv OAVlar ishiga to‘sqinlik qilmoqda

Lavrov: G‘arb ob’ektiv OAVlar ishiga to‘sqinlik qilmoqda

Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, G‘arb Ukrainadagi vaziyat haqida xolis ma’lumot beruvchi OAV ishiga to‘sqinlik qilmoqda.

G‘arb Ukrainada nima bo‘layotgani haqida xolis ma’lumot beruvchi OAV ishiga to‘sqinlik qilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov seshanba kuni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunxiyn Batsesegbilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida.

“Kiyev rejimi vakillarining Ukrainada o‘zini qanday tutgani va davom etayotgani haqidagi faktlar butun dunyo hamjamiyatiga ochiq bo‘lganidan manfaatdormiz. Afsuski, G‘arb sodir bo‘layotgan voqealar haqida xolis ma’lumot beruvchi OAV ishiga to‘sqinlik qilish uchun hamma ishni qilmoqda”, dedi Lavrov.

Shuningdek, Lavrov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunxiyn Batseseg bilan bo‘lgan muzokarada hamkorlariga Donbass va Ukraina hududidagi maxsus harbiy operasiyaning borishi haqida batafsil ma’lumot berganini ham qo‘shimcha qildi.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operasiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

3 iyul kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Lugansk xalq respublikasi hududi ozod qilingani haqida axborot berdi.

Kiritildi: 12:39 05.07.2022. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!