Kosovo atrofidagi vaziyat munosabati bilan Yevropaning markazida “katta portlash” sodir bo‘lmoqda, deb hisoblaydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Evropaning markazida katta portlash sodir bo‘lmoqda. 1999-yilda NATO Xelsinki yakuniy akti va YXHT hujjatlarining barcha mumkin bo‘lgan tamoyillarini buzgan holda Yugoslaviyaga qarshi tajovuzni amalga oshirgan joyda”, — deya Lavrov so‘zlaridan iqtibos keltirgan Rossiya OAVlari.
Rossiya vaziri Serbiya va Kosovo atrofidagi vaziyatni xavotirli deb atadi. Uning fikricha, G‘arb davlatlari “hammani to‘liq bo‘ysundirish” yo‘lidan bordi.
Avvalroq Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovodagi vaziyat keskinlashgani sababli Serbiya armiyasini maksimal shay holatga keltirgan edi. 28-may kuni Serbiya mudofaa vaziri Milosh Vuchevich Kosovodagi keskinlik avjiga chiqqani va qurolli mojaroga aylanishi mumkinligini aytdi.