Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lavlagi qanday kasalliklardan himoya qiladi?

A A A
Lavlagi qanday kasalliklardan himoya qiladi?

Lavlagi - eng foydali va hamyonbop sabzavot. Unda betanin, betain, kaliy va kalsiy tuzlari va yod, kletchatka kabi inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan moddalar mavjud, deydi Integraktiv Nutrisiologiya Xalqaro Instituti ilmiy bo‘limi boshlig‘i Kseniya Boroda, “Praym” agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, 1 kg lavlagining o‘rtacha narxi 34 rubl.
“Bundan tashqari, lavlagi kapillyarlar holatini yaxshilaydi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi va ich ketishini me’yorlashtiradi. Xom lavlagi tarkibiga kiradigan betain osteoporoz, Alsgeymer kasalligi, ateroskleroz, yurak patologiyalari, kamqonlik, mastopatiya – ko‘krak bezi kasalliklari bilan kurashishga yordam beradi. Lavlagiga o‘ziga xos to‘q qizil rang beradigan betasianin moddasi kuchli antioksidant hisoblanadi”, deydi mutaxassis.
Ammo, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet bilan kasallangan insonlarga ushbu sabzavotni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Kiritildi: 10:09 11.12.2021. O'qildi: 4066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!