Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Latviya Ukrainaga zarba beruvchi dronlarning navbatdagi partiyasini jo‘natdi

Latviya Ukrainaga zarba beruvchi dronlarning navbatdagi partiyasini jo‘natdi

Latviya xalqaro dronlar koalisiyasi doirasida Ukrainaga zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlarining yangi partiyasini jo‘natdi.

Bu haqda Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi va tegishli surat hamda videoni joylashtirdi, deya ma’lum qilmoqda "Ukrinform".

"Yana 1500 ta jangovar dron Latviyadan Ukrainaga yo‘l oldi. Yilning birinchi yarmida Latviyaning ikki kompaniyasi Dron koalisiyasi doirasida 12 mingta dron yetkazib beradi," deya yozdi Spruds.

Latviya rasmiysi tomonidan e’lon qilingan uchuvchisiz uchish apparatlarining avvalgi partiyasi aprel oyi boshida Ukrainaga jo‘natilgan bo‘lib, u ham 1500 ta dronni o‘z ichiga olgan edi.

Kiritildi: 23:08 29.04.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!