Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Latviya, Litva va Estoniya tashqi ishlar vazirlari Germaniyani Leopard 2 tanklarini zudlik bilan Ukrainaga topshirishga chaqirishdi

Latviya, Litva va Estoniya tashqi ishlar vazirlari Germaniyani Leopard 2 tanklarini zudlik bilan Ukrainaga topshirishga chaqirishdi

Boltiqbo‘yi davlatlari tashqi ishlar vazirlari, jumladan, Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichning tegishli xabarlari Twitter'da e’lon qilindi.

Ukrainani zamonaviy tanklar bilan ta’minlash Rossiya agressiyasini to‘xtatish va Yevropada tinchlik o‘rnatish uchun zarur, deb hisoblaydi tashqi ishlar vazirlari. Germaniya Yevropaning yetakchi davlati sifatida bu borada alohida mas’uliyat yuklaydi, deyiladi murojaatda.

Leopard 2 tanklariga ega bo‘lgan qator davlatlar ularni Ukrainaga topshirishga tayyor, biroq buning uchun ushbu zirhli transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Germaniya ruxsati kerak bo‘ladi. 20 yanvar kuni Ukrainaning ittifoqchi davlatlari vakillarining Ramshteyn aviabazasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi ishtirokchilari Kiyevga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, ittifoqchilar haligacha ta’minot haqida umumiy fikrga ega emaslar.

Kiritildi: 22:06 21.01.2023. O'qildi: 1586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!