Tegishli o‘zgarishlarni Latviya Transport vazirligi tayyorlab, hukumat ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan.
Hozirda Latviya va Rossiya o‘rtasida bitta muntazam avtobus yo‘nalishi saqlanib qolgan. Unda Norma-A kompaniyasi Ecolines brendi ostida har kuni qatnovlarni amalga oshiradi. Kompaniyaga berilgan ruxsatnoma 9 yanvarga qadar amal qiladi va Latviya hukumati uni uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Shuningdek, Latviyada Rossiya va Belarusga avtobuslarda nomutazam yo‘lovchi tashishlar 2025 yil 1 noyabrdan taqiqlangan. Amaldagi cheklov muddati 2026 yil 31 oktyabrga qadar belgilangan bo‘lib, uni yana 12 oyga uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Latviya Transport vazirligi bahosiga ko‘ra, muntazam avtobus qatnovlarining to‘xtatilishi Rossiya va Belarusga safarlarni butunlay to‘xtatmaydi. Yo‘lovchilar bu davlatlarga Estoniya va Litva orqali, boshqa transportlarga almashib yetib borishlari mumkin.
Bundan tashqari, taqiq mikroavtobuslarga tatbiq etilmaydi. Shu sababli yo‘lovchilar uchun Rossiya va Belarusga borishning muqobil yo‘llari saqlanib qoladi.