Bojxona organlari tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi va tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina o‘rindiqlari orasidagi ichimlik idishida 5 dona “Lirika peregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda bardachok ichida esa 4 gramm gashish giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.