Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Laporta va "Barselona"ning ikki sobiq murabbiyi sudda ko‘rsatma beradi

Laporta va "Barselona"ning ikki sobiq murabbiyi sudda ko‘rsatma beradi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta, shuningdek, klubning sobiq bosh murabbiylari Luis Enrike va Ernesto Valverde RFEF hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Negreyraga ehtimoliy noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha ish doirasida guvoh sifatida so‘roq qilinadi.

Bu haqda COPE xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Laporta va "blaugrana"ning sobiq murabbiylarini chaqirish to‘g‘risidagi qarorni sudya Alexandra Xil qabul qilgan. Prokuraturaning fikricha, ularning ko‘rsatmalari klub va Negreyra o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalar tafsilotlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Majlis sanasi keyinroq belgilanadi.

Avvalroq ish doirasida "Barselona"ning sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Jozep Mariya Bartomeu ko‘rsatma bergan, ular allaqachon ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishmoqda. Tergovning ta’kidlashicha, 2001-2018 yillar oralig‘ida Negreyra klubdan maslahat xizmatlari uchun 7,5 mln yevro atrofida pul olgan. Shu bilan birga, 2024 yil may oyida sud poraxo‘rlik bo‘yicha ayblovlarni vaqtincha bekor qilgan bo‘lsa-da, tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:03 27.06.2025. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!