Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Lamin Yamal Mbappening Chempionlar ligasidagi rekordini yangilashga yaqin

Lamin Yamal Mbappening Chempionlar ligasidagi rekordini yangilashga yaqin

«Barselona»ning 19 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal UYEFA Chempionlar ligasida Kilian Mbappega tegishli rekordni takrorlashga yaqin turibdi.

Gap 20 yoshga to‘lgunga qadar Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchilar rekordi haqida ketmoqda.

Ayni paytda Yamal ushbu musobaqada 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ispaniyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum umumiy bosqichining dastlabki turida «Feyenoord» darvozasiga gol kiritib, Kilian Mbappening 13 ta goldan iborat rekordiga yanada yaqinlashdi.

Endilikda Yamal mazkur natijani takrorlashi uchun yana bitta gol urishi kifoya. Agar u ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilsa, Mbappening rekordini yangilaydi.

«Barselona» hujumchisi 13 oktyabr, seshanba kuni Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda tarixiy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur bahs Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:56 12.10.2026. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!