UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvda mavjud bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari qimmatlashgan. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
Komplektasiyalarning narxlari quyidagicha oshirilgan:
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev ushbu o‘zgarishni navbatdagi ahmoqlik deb atadi.
«Hukumatning xalqdan yashirgan yopiq qarorlari asosida katta imtiyozlarga ega zararkunanda, monopolist nimaiki ahmoqlik bo‘lsa qilmoqda. Faqat bu ishlar xalq emas, xalqning qiynalishi hisobiga yashaydigan, bir guruh shaxslarning foydasiga», — deb yozdi u.
Avvalroq kompaniya kelasi yilgacha ommabop avtomobillar uchun yangi shartnomalar tuzmasligi va narxlar yana oshishi kutilayotgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni soat 17:30 da kompaniya avtomobillar uchun shartnomalar chiqarish qayta tiklangani va yangi konfigurasiyalar joriy etilganini, 5 avgust kuni soat 15:57 da esa 2023 yil uchun qo‘shimcha partiyaga to‘liq shartnoma tuzilganini ma’lum qilgandi.
Oradan vaqt o‘tib, UzAuto Motors yil oxirigacha 50 mingdan ortiq avtomobil egalariga topshirilishini ma’lum qilgandi. 2024 yildan esa avtomobillar shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida yetkazib berilishi va’da qilgan.