Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi

Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan fuqaro A. D.ga o‘ziga tegishli 2023 yilda “UZAUTO MOTORS” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

✈️ Ushbu murojaat Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilganda holat o‘z tasdig‘ini topdi, shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobilda yong‘in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlandi.

🔼 Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha “UZAUTO MOTORS” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan.

✈️ Qo‘mita tomonidan ushbu holat (avtomobilda yong‘in chiqishi) inson hayoti va uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olinib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

🔎 Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berildi hamda iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Kiritildi: 15:25 13.09.2024. O'qildi: 1708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!