Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

La Ligada eng ko‘p muxlis qaysi stadionlarda yig‘ilmoqda?

La Ligada eng ko‘p muxlis qaysi stadionlarda yig‘ilmoqda?

Ispaniya La Ligasining 11-turidan keyin joriy mavsumda o‘z stadionida eng ko‘p va eng kam tomoshabin to‘playotgan klublar nomi ma’lum bo‘ldi.

Tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha “Barselona” yetakchilik qilmoqda. Kataloniyadagi “Kamp Nou” o‘yingohida har o‘yinda o‘rtacha 74 124 muxlis tashrif buyurmoqda. Stadion to‘lishi 74 foizni tashkil qilgan.

Ikkinchi o‘rinda Madriddagi “Santyago Bernabeu” qayd etilgan. “Real”ning uy arenasida har uchrashuvda o‘rtacha 62 518 tomoshabin yig‘ilmoqda. O‘yingoh har o‘yinda o‘rtacha 73 foizga to‘lmoqda.

Uchinchi pog‘onadan ham Madriddagi stadion – “Vanda Metropolitano” joy olgan. “Atletiko”ning har uy bahsiga o‘rtacha 59 693 tomoshabin tashrif buyurmoqda. Stadionning to‘lish foizi hisobida “Matraschilar” yangi o‘yingohi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega – 68 ming sig‘imli arena 88 % to‘lmoqda.

 Ispaniya La Ligasida eng kam tomoshabin to‘playotgan jamoalar sifatida – “Xetafe” (11 771), “Leganes” (10 053), va “Eybar” (5849) klublari arenalari qayd etilgan.

Kiritildi: 18:51 09.11.2019. O'qildi: 2106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!