"Real" Ispaniya chempionatining 13-turida "Elche" mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Madridliklar safida gollarga Din Xyoysen va Jud Bellingem mualliflik qildi. Maydon egalari safida Aleyks Febas va Alvaro Rodriges o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
"Elche" o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi. 90+6-daqiqada jamoa himoyachisi Viktor Chust ikkinchi sariq kartochkani oldi.
"Real" ochkolarini 32 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida "Barselona"ni (31) ortda qoldirdi. Endilikda Xabi Alonso jamoasi 1-o‘rinni egallab turibdi.
"Elche" Ispaniya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasini oltita o‘yinga yetkazdi (3 durang va 3 mag‘lubiyat). 16 ochkoga ega jamoa 11-pog‘onadan joy olgan.