«Barselona» Ispaniya La Ligasining 7-turida safarda «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar 19-daqiqada hisobni ochdi. «Milan»dan ijara asosida kelib qo‘shilgan Yussuf Fofana gol muallifi bo‘ldi.
Kataloniyaliklarga g‘alabani Rafinyaning xet-trigi keltirdi. 29 yoshli braziliyalik futbolchi 22-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 52-daqiqada «Barselona»ni oldinga olib chiqdi va 69-daqiqada uchinchi golini urdi.
Shu tariqa, Rafinyaning joriy mavsumdagi La Ligada urgan gollari soni 12 taga yetdi. U bu natijani atigi 7 turda qayd etdi.
Rafinya XXI asrda La Liga mavsumining dastlabki 7 ta uchrashuvida kamida 10 ta gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu erishgan.
«Barselona» mavsum boshidan buyon ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 21 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 13 ochkoga ega «Sevilya» esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi.