Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

La liga. «Barselona» «Rayo Valyekano» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Barselona» «Rayo Valyekano» ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsum 29-turidan o‘rin olgan «Barselona» — «Rayo Valyekano» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golni «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo 24-daqiqada kiritdi. O‘yin davomida har ikki jamoa gol urish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, "Barsa" darvozaboni Joan Garsiya bir nechta seyv namoyish etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

29 turdan so‘ng «Barselona» 73 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Rayo Valyekano» esa 32 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Kelasi turda «Rayo Valyekano» 3 aprel kuni o‘z maydonida «Elche»ni qabul qiladi. «Barselona» esa bir kundan so‘ng mehmonda Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniya — Primera. 29-tur
«Barselona» — «Rayo Valyekano» - 1:0
Gol: Arauxo, 24

Kiritildi: Bugun 20:30. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!