Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

KXDR TIV Moskva va Pxenyan hamkorligi haqidagi hisobotni provokasiya deb atadi

KXDR TIV Moskva va Pxenyan hamkorligi haqidagi hisobotni provokasiya deb atadi

KXDR TIV "KXDRga qarshi sanksiyalar bo‘yicha ko‘p tomonlama monitoring guruhi"ning Moskva va Pxenyan hamkorligiga bag‘ishlangan hisobotini xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi, deb hisoblaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi vakillariga ko‘ra, bu guruhning mavjudligi uchun qonuniy asos yo‘q va uning hisoboti uydirma. Uning bandlari davlatlarning suveren tengligi va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarini buzadi.

"Hech kim AQSh va uning itoatkor ittifoqchilariga suveren davlatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlarni baholash vakolatini bermagan", — deyiladi vazirlik bayonotida.

TIV vakillarining so‘zlariga ko‘ra, "Ko‘p tomonlama guruh"ga a’zo bo‘lgan 11 davlatning barchasi Moskva va Pxenyanga dushmanlik qiladi, biroq ularning "makinalari" Rossiya Federasiyasi va KXDR munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Rossiya KXDR xalqi bilan birgalikda yangi ko‘p qutbli dunyo tartibini barpo etish uchun bir xandaqda kurashayotganini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, KXDR harbiylari Kursk viloyatini o‘z vatani sifatida himoya qilgan.

Kiritildi: 11:03 02.06.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!