Bugun 19 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

KXDR termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi alohida strategiyamiz mavjud"

KXDR termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi alohida strategiyamiz mavjud"

KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Sim Yon Nam va futbolchi Xan Kvan Son O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz ertangi uchrashuvda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. Buning uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik.

O‘yin bilan bog‘liq tayyorgarliklarni puxta bajardik. Uchrashuv davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish juda muhim. Shuningdek, raqib jamoaga qarshi alohida strategiyamiz mavjud. Buning ustida ish olib bordik. Futbolchilarimiz o‘yinga to‘liq tayyor va yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz", – dedi Sim Yon Nam.

"Biz O‘zbekiston milliy terma jamoasini chuqur o‘rganib, ularga qanday o‘ynash kerakligini aniqlab oldik. Shu sababli ertangi bahsda ijobiy natijaga erishamiz deb o‘ylayman.

O‘zbekistonga qarshi dastlabki bahsda kutilgan natijaga erisholmagandik. Ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablarini o‘rganib, navbatdagi uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. Eronga qarshi bahsdagi kamchiliklarni O‘zbekiston bilan uchrashuvda takrorlamaslik uchun bor mahoratimizni namoyish etamiz", – dedi Xan Kvan Son.

Kiritildi: 23:52 18.11.2024. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!