Pxenyan va Moskva ittifoqi mustahkamlansa, KXDR Ukrainaga jami 100 minggacha askar yuborishi mumkin, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.
Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, bunday miqyosdagi raqam - agar u mavjud bo‘lsa - bir vaqtning o‘zida emas, balki vaqt o‘tishi bilan qo‘shinlarning bir nechta rotasiyasi hisobiga ko‘payadi.
So‘ralgan amaldorlarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya qo‘shinlarining ko‘chirilishi urush globallashib borayotganidan dalolat beradi.