Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

KXDR Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “so‘zsiz” qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi

 KXDR Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “so‘zsiz” qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi

Koreya Markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi uchrashuv yakuni bo‘yicha bayonotni e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Unda, xususan, Kim Moskvaning Ukraina urushidagi harakatlarini “so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini” yana bir bor tasdiqlagani aytiladi.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Lavrovdan iqtibos keltirgan holda suhbatning o‘z xulosasini taqdim etgan edi.

"Koreyalik do‘stlarimiz maxsus harbiy operasiyaning barcha maqsadlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar", deyiladi Rossiya tomonining bayonotida.

Kiritildi: Bugun 12:42. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!